O‘zini bank xodimi deb tanishtirib, firibgarlik qilgan shaxs ushlandi
Andijon shahrida o‘zini bank xodim deb tanishtirgan shaxs qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon shahar bo‘lim tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Sh.X. fuqaro S.R.ga o‘zini go‘yoki TIF “Milliy bank” Andijon viloyati filiali xodimi deb tanishtirib, ushbu bankda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 50 mln so‘m evaziga 500 mln so‘m ipoteka krediti ajratib berishini aytib, ushbu pullar hisobidan 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:25 / 20.10.2024
Firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yubormoqda
15:12 / 20.10.2024
O‘zini bank xodimi deb tanishtirib, fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:10 / 17.10.2024
IIBB internetdagi firibgarlikning yangi ko‘rinishidan ogohlantirdi
20:45 / 14.10.2024