Jahon | 00:01 / 03.04.2024
15924
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Tataristonga zarba bergan dronlar o‘z hududidan uchirilganini inkor qildi

Departamentning ta’kidlashicha, «bunday xabarlar Qozog‘iston Respublikasini obro‘sizlantirishga qaratilgan».

Foto: TASS

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Rossiyaning Tatariston Respublikasidagi nishonlarga hujum qilgan dronlar o‘z hududidan uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

«Ba’zi Telegram-kanallarda Tatariston Respublikasi obektlariga hujum qilgan dronlar Qozog‘iston hududidan uchirilgani haqida tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», deyiladi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi bayonotida.

Departamentning ta’kidlashicha, «bunday xabarlar Qozog‘iston Respublikasini obro‘sizlantirishga qaratilgan».

2 aprel kuni ertalab dronlar Tataristonning Yelabuga hamda Nijnekamskda joylashgan korxonalarga hujum qildi. Mahalliy rasmiylar Yelabugaga zarba oqibatida jarohatlanganlar borligini ma’lum qilgan.

Agar dronlar Ukrainadan uchirilgan bo‘lsa, Rossiyaning g‘arbiy hududlari ustidan Tataristongacha 1200 km masofani uchib o‘tgan bo‘ladi. Dronlarning uchish masofasi 800 km ekani hisobga olinsa, ularning Qozog‘iston hududidan uchirilgani taxmin qilingan xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Mavzuga oid