Tayvanda 25 yil ichidagi eng kuchli zilzila. Fotosuratlar
O‘nlab odamlar xarobalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin.
3 aprel kuni Tayvanning sharqiy sohilida 7,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lib, 800 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Bu Tayvanda so‘nggi 25 yillikdagi eng kuchli zilzila bo‘ldi. Epimarkaz aholi kam yashovchi va tog‘li hududdagi Hualyan shahridan 18 kilometr janubda joylashgan, ammo yer silkinishi poytaxt Taybeyda ham sezilgan. Orolda kamida 26 ta bino vayron bo‘lgan.
O‘t o‘chiruvchilarga ko‘ra, xarobalar ostida kamida 77 kishi qamalib qolgan, qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
1999 yil sentabrida Tayvanda 7,6 magnitudali zilzila ro‘y bergan, buning oqibatida 5 mingdan ortiq bino vayron bo‘lib, 2,4 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
13:50 / 04.11.2024
Tayvan RFga dastgohlar yetkazib berish to‘liq to‘xtatilganini ma’lum qildi
13:10 / 04.11.2024
Taybey: Tayvanlik ikkinchi ko‘ngilli Ukraina uchun janglarda halok bo‘ldi
23:36 / 31.10.2024
Tayvanga «Kong-rey» superto‘foni yopirildi
21:37 / 22.10.2024