Jahon | 09:30 / 05.04.2024
2228
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaning 6 viloyatida elektr ta’minotida rejali uzilishlar joriy etilmoqda

Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga qilgan hujumlari natijasida zarur ishlab chiqarish quvvati yetishmayapti, deya ma’lum qildi «Ukrenergo» kompaniyasi. 

Foto: AP

Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga hujumlari kuchayishi munosabati bilan olti viloyatda elektr tokini rejali o‘chirish joriy etilmoqda. 4 aprel, payshanba kuni «Ukrenergo» davlat kompaniyasi zarur ishlab chiqarish quvvati yo‘qligi sababli Dnipropetrovsk, Donetsk, Zaporijjya, Kirovograd, Poltava va Sumi viloyatlarida soat 18:20 dan 22:00 gacha elektr energiyasi iste’molini cheklash bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlarni e’lon qildi

Hududlarda elektr energiyasining mavjud hajmlarini iste’molchilar navbatlari o‘rtasida teng taqsimlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Xarkiv viloyatida, shuningdek, Krivoy Rog shahridagi sanoat iste’molchilari uchun energiya ta’minoti cheklovlari amal qiladi. 

«Rossiya zarbalarining oqibatlari» 

«Bu Rossiyaning Ukraina elektr stansiyalariga qilgan so‘nggi yirik hujumlari natijasidir. Shuningdek, kechqurun sovuq havo tufayli mamlakatda iste’mol ortib bormoqda», - deya ma’lum qildi kompaniya. 

So‘nggi haftalarda RF Ukrainaning energetika infratuzilmasiga bir qator yirik hujumlarni amalga oshirdi. Xususan, 22 martga o‘tar kechasi hujumlar natijasida eng yirik DTEK kompaniyasi ishlab chiqarish quvvatining yarmini yo‘qotdi, Zaporijjyadagi DniproGES ham zarar ko‘rdi. 25 martga o‘tar kechasi Rossiya Ukraina janubidagi ikkita nimstansiyaga zarba berdi, natijada Odessaning bir qismi va Odessa viloyati bilan aloqa uzilib qoldi. 29 martga o‘tar kechasi Rossiya zarbalari tufayli Ukrainaning bir qancha viloyatlarida elektr stansiyalari zarar ko‘rdi. Xarkiv rasmiylarining aytishicha, shahardagi deyarli butun energetika infratuzilmasi vayron bo‘lgan. 

Mavzuga oid