O‘zbekiston | 10:01 / 06.04.2024
5120
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar Rossiyaning Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi federatsiyasiga ishga yuborilishi mumkin 

Rossiyaning Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi federatsiyasida mavjud 1000 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari, ish beruvchi korxonalar takliflari hamda fuqarolarni ishga jalb qilish imkoniyatlari muhokama etildi.

Foto: Videodan kadr

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Rossiyaning Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi federatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Agentlik xabariga ko‘ra, uchrashuvda dastlab agentlik faoliyati, mamlakatda xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni kasbga va chet tillariga tayyorlash tizimi, mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan bu borada Rossiya ish beruvchilari bilan hamkorlikdagi loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, Rossiyaning Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi federatsiyasida mavjud 1000 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari, ushbu bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ish beruvchi korxonalar takliflari hamda fuqarolarni ishga jalb qilish imkoniyatlari muhokama etildi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari «Ishga marhamat» monomarkazi faoliyati bilan tanishdi.

Mavzuga oid