Jahon | 16:11 / 07.04.2024
30078
8 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bo‘ylab zarbalar oqibatlari va ko‘r bo‘lib qolgan ukrain askarlari. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 773-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiyalik harbiylar Zaporijjyani o‘qqa tutdi. To‘rt kishi halok bo‘lib, 20 dan ortiq kishi yaralangan.
  • Rossiya mudofaa vazirligi beshta region uzra ukrainlarning 53 ta droni to‘xtatilgani haqida hisobot berdi.
  • Ukraina nashrlari dronlar RFning uchta regionidagi aerodromlarga hujum qilgani haqida xabar berdi. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, jami 19 ta samolyot yo‘q qilingan yoki zarar yetkazilgan.
  • Rossiya Olimpiya qo‘mitasi rahbari Parij Olimpiadasida neytral maqomda ishtirok etishni rejalashtirgan rossiyalik tennischilarni «chet el agentlari jamoasi» deb atadi.
  • Yaponiya Rossiyaga 164 turdagi mahsulotlar eksportini hamda mamlakatga Rossiya olmosini olib kirishni taqiqladi.
  • Chexiya hukumati Rossiya Yevropa temiryo‘llariga kiberhujumlar uyushtirgani haqida ma’lum qildi.
  • The New York Times xabariga ko‘ra, Ukraina bu yozdagi sammitda NATO a’zoligi uchun taklif olmaydi. Bunga AQSh va Germaniya qarshi bo‘lgan.

Xarkiv o‘qqa tutilishi

6 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Xarkiv bo‘ylab zarbalar berishi oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan. Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligi zarba Shahed rusumli 32 ta dron bilan berilgan, shundan 28 tasi yo‘q qilingan. Shuningdek, hujumda X-101/X-555 rusumli ikkita qanotli raketa hamda «Kalibr» raketasidan foydalanilgan. Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, zarba natijasida faqat fuqarolik obektlari shikastlangan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bular to‘qqizta ko‘p qavatli uy, uchta yotoqxona, boshqa binolar, avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyasi hamda o‘nta avtomobil.

RF mudofaa vazirligi Xarkiv bo‘ylab zarbalarni izohlamagan, ammo shu kuni Belgorodga raketa zarbasi haqida xabar bergan. Region gubernatori Vyacheslav Gladkov «shaharga kirish joyida 10 ta havo nishoni yo‘q qilingani» haqida xabar bergan, ammmo hujum oqibatida kamida 12 ta ko‘p kvartirali uylar, bolalar poliklinikasi, sport kompleksi va tijorat korxonalari shikastlangani aytilgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. 

Xarkiv oblastiga zarbalar keyingi kuni ham davom etdi: 7 aprelga o‘tar kechasi berilgan zarba oqibatida uch kishi jarohatlanib, 10 ta xususiy uy, bolalar bog‘chasi, uchta besh qavatli uy hamda uchta avtomobil shikastlangan, deya xabar beradi Oleg Sinegubov. Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastining Kupyansk shahridagi turar joyga ham zarba bergan, natijada 85 yoshli ayol halok bo‘lgan.

Ukrainalik sapyorlar Xarkivga 6 aprelga o‘tar kechasi yo‘llangan aviazarba joyida ishlamoqda.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Kommunal xizmat xodimi Xarkivda Rossiya qo‘shini zarbasi oqibatida shikastlangan yuqori kuchlanishli liniyani tuzatmoqda.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Xarkiv bo‘ylab 6 aprelga o‘tar kechasi amalga oshirilgan hujum joylaridan birida qon dog‘lari.
Anton Shtuka / Reuters / Scanpix / LETA

Ivano-Frankovsk oblastidagi energetika infratuzilma obektlariga zarba oqibatlari

5 aprel kuni Ivano-Frankovsk oblastida olingan fotosuratlarda Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilma obektlari bo‘ylab zarbalari oqibatlari aks etgan. 29 martga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Ukrainaning bir qancha regionlarida issiqlik va gidroelektrstansiyalarga jami 99 raketa va dron uchirgandi — o‘shanda Ivano-Frankovsk oblastida ham muhim infratuzilma obektlari shikastlangan.

Igor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA
Ivano-Frankovsk oblastida Rossiya zarbasidan shikastlangan energetika infratuzilma obektlaridan birida inspeksiya
Igor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA
Igor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA
Igor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA

Ko‘r bo‘lib qolgan askarlar Lviv oblastida tiklanish jarayonini o‘tamoqda

Ukrainaning Lviv oblasti Yavoriv shahridagi G‘arbiy reabilitatsiya-sport markazida Ukraina qurolli kuchlarining harbiy harakatlar vaqtida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan harbiylari tiklanish jarayonidan o‘tmoqda. Markaz 2015 yilda ochilgan. O‘shanda Donbassdagi urush faxriylariga ukrainalik paralimpiyachilar yordam ko‘rsatishgan.

Brayl shriftida terilgan matnni o‘qish bo‘yicha dars
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Ko‘rishda nuqsonlar yuzaga kelgan faxriylar ovqat tayyorlashni o‘rganmoqda
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Ko‘r bo‘lib qolgan urush faxriysi Vlad o‘z rafiqasi Valeriya bilan
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Ko‘r bo‘lib qolgan urush faxriysi reabilitatsiya-sport markazi yo‘lagida harakatlanmoqda
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Reabilitatsiya-sport markazida patsiyentlar uchun skandinavcha yurish mashqi
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Ko‘r bo‘lib qolgan urush faxriylari notanish ko‘chalarda mo‘ljal olib yurishni o‘rganmoqda
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Ukrainalik artilleriyachilar «Grad» tizimi bilan

Ukraina QK 59-alohida motopiyodalar brigadasi harbiysi Yakov Gandzyuk Donetsk oblastidagi Rossiya qo‘shinlari ustiga «Grad» baravar o‘t ochish tizimidan snaryad yog‘dirmoqda. «Grad» qurilmasi yoki BM-21 jangovar mashinasi sovet armiyasida 1963 yildan qo‘llana boshlagan va o‘tgan vaqt davomida keng tarqalgan. Birgina SSSRning o‘zida bunday texnikalardan olti mingdan ortig‘i jamlangan, yana o‘nlab mamlakatlar armiyasida shunday tizimlar bor.
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Donbass shimolidagi tibbiyot punkti

Ukraina qurolli kuchlari askarlari Donbass shimolidagi stabilizatsiya punktida yordam olishadi. Stabilizatsiya punkti — jang maydonida yaralangan harbiylar olib kelinadigan birinchi manzil. Bu yerda tibbiyot xodimlari yaradorlarga kechiktirib bo‘lmas yordamlarni ko‘rsatadi, shifoxonalarga davolanishga yuborishdan oldin ularning holatini barqarorlashtiradi. Ushbu stabilizatsiya punkti 63-alohida mexanizatsiyalashgan brigada tomonidan boshqariladi. Brigada rasman 2017 yil 23 iyulda tashkil etilgan, u 2014 yildan boshlab Donetsk va Luhansk oblastlarida aksilterror amaliyotlarda ishtirok etgan «Zapad» operativ qo‘mondonligi harbiylaridan tuzilgan.

Wolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

 

Sankt-Peterburgdagi plakat

Dmitriy Lovetskiy / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid