O‘zbekiston | 14:20 / 08.04.2024
16306
1 daqiqa o‘qiladi
Arnasoy tumani hokimi o‘zgardi
Jizzax viloyati Arnasoy tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimi Ergash Soliyev ishtirokidagi sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, viloyat hokimi Arnasoy tumani hokimi lavozimiga Odil Musanov nomzodini tavsiya qilgan. Deputatlar nomzodni bir ovozdan ma’qullagan.
Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Odil Musanov Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi bo‘lib faoliyat olib borayotgan edi.
2020 yildan buyon tumanga Xurshid Alimardonov hokimlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid
21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi
19:01 / 03.09.2024
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
15:52 / 27.08.2024
To‘raqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi
12:30 / 18.08.2024