O‘zbekiston | 15:00 / 09.04.2024
5962
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Olisdan turib yaqinlaringizni Ramazon hayiti bilan tabriklang

Foto: Profee

Ramazon oyini uydan uzoqda o‘tkazish oson bo‘lmasligi mumkin, ayniqsa siz xorijda bo‘lganingizda. Ammo bu katta ma’naviy o‘sish, shaxsiy mulohazalar qilish davri bo‘lishi mumkin. Profee.com pul o‘tkazmalari servisi esa yaqinlaringizni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa Ramazon hayitiga sovg‘alar yuborishda sizga yordamga keladi. 

Biz siz uchun Profee bilan birgalikda, uydan uzoqda bo‘lgan paytda zarur bo‘ladigan bir necha maslahatlarni tayyorlab qo‘ydik: 

1. Shinam va bayramona muhitni yarating 

Siz qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, Ramazon hayiti bilan uyg‘unlashgan muhitni yaratishga harakat qilib ko‘ring. Uyingizda shinamlik va komfort yaratish uchun, uni kichkina chiroqlar yoki shamlar bilan bezating. 

2. Ehtiyojmand insonlarga yordam bering

Mahalliy hamjamiyatda volontyorlik qilish uchun imkoniyatlar izlang. Aksariyat xayriya tashkilotlari yoki mahalliy masjidlar Ramazon munosabati bilan maxsus aksiyalar o‘tkazadi, masalan, bunga ehtiyoji bo‘lganlar uchun kiyim-kechak yig‘ishni yoki boshqa kerakli yordamni tashkillashtiradi. Siz, shuningdek, O‘zbekistondagi xayriya tashkilotlariga yordam berishingiz mumkin. Misol uchun, Profee bepul ilovasi orqali siz Yevropadan pul mablag‘ini istalgan Visa yoki Mastercard kartasidan bir zumda o‘zbekistonlik HUMO va UzCard kartalariga o‘tkazishingiz mumkin. Biroq, bu nafaqat xayriya tashkilotlari, balki sizning muloqot qilish doirangizdan ham yordamga ehtiyojmand insonlar bo‘lishi mumkin. 

3. Yaqinlaringizga e’tibor ajrating 

Bayram kunlarida oiladagi munosabatlarni mustahkamlash va birgalikda ma’naviy amaliyotlarni o‘tkazish uchun foydalaning. Buni onlayn tarzda messenjerlar va videoqo‘ng‘iroqlar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Oilangiz bilan samarali muloqot qilishga kamida 20 daqiqa vaqt ajrating. Siz O‘zbekistonda yashagan mahal oilangiz uchun o‘zgacha hisoblangan an’analar va odatlarni virtual makonga o‘tkazing.

4. Oilangizni moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlang 

Ko‘plar xorijga pul ishlab topish va O‘zbekistonda qolgan oilalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ketadi. Ramazon Hayiti munosabati bilan pulni Profee orqali o‘tkazish mumkin. Axir Profee butun Ramazon oyi mobaynida Yevropadan O‘zbekistonga barcha pul o‘tkazmalarini komissiyasiz va nihoyatda unumli valutalar kursi bo‘yicha yubormoqda. 

Kartadan kartaga pul o‘tkazmasi bir zumda amalga oshiriladi. Smartfoningizga App Store yoki Google Play dan Profee ilovasini yuklab olishingiz, besh daqiqa ichida ro‘yxatdan o‘tishingiz yetarli – shu zahoti pulni yuborishingiz mumkin. Hech qanday yashirin komissiyalar va to‘lovlarsiz. Profee bilan siz doim O‘zbekistondagi oluvchi kartasiga qancha pul mablag‘i tushishini aniq bilasiz. 

Yaqinlaringiz ayniqsa muqaddas oyda pul o‘tkazmasini olishdan nihoyatda mamnun bo‘ladi. O‘tkazmaning qachon amalga oshirilgani unchalik muhim emas. Oilangiz farovon hayot tarzini saqlab qolish, buning ustiga Hayit ayyomiga tayyorgarlik ko‘rish – bozor qilish, dasturxon bezatish va eng yaqinlarga sovg‘alar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu paytdagi qo‘llab-quvvatlashingiz ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 

5. Sog‘ligingizga g‘amxo‘rlik qiling 

Ramazon paytda ro‘za tutishda sog‘lom ovqatlanish qoidalarini unutmang, ayniqsa to‘yimlilik va suvsizlanish bilan bog‘liq bo‘lganlarini. Me’yorda jismoniy faollik qilishga odatlaning. Masalan, sayr qilishlar unchalik charchatmaydi, lekin organizmning sog‘lom harakatchanligini saqlab qoladi. Kuchingizni saqlab qolish uchun yetarlicha uxlayotganingizga va dam olayotganingizga ishonch hosil qiling.  

6. Bardoshli va rahmdil bo‘ling 

Ramazon oyi — bu insonlar osoyishtalikka, bardoshga va hamdardlikka intilgan payt. Harakatlaringizga va niyatlaringizga e’tiborli, olamdagi turli xillikka bardoshli va ochiq bo‘lishga harakat qiling, siz ayniqsa yangi muhitda bo‘lganingizda. 

Siz Ramazon oyini qayerda o‘tkazayotganingizdan qat’i nazar, uning ma’naviy ahamiyatini esingizda saqlashingiz va undan o‘zingizni takomillashtirish va oilani jipslashtirish maqsadida foydalanishingiz juda muhim. 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid