Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
Avtobus yuk mashinasining orqa tomoniga borib urilgan. Oqibatda bir necha kishi halok bo‘lgan va jiddiy jarohatlangan. Jarohatlanganlar orasida Fransiya fuqarosi ham bor.
Jizzax viloyati hududida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yzlining Sharof Rashidov tumani So‘loqli mahallasi hududidan o‘tgan qismida “Yotong” avtobusi “HOWO” yuk mashinasining orqasidan urilgan.
Oqibatda avtobusda bo‘lgan Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli hamda Mo‘ynoq tumanida yashagan 2 nafar fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Bundan tashqari, Nukus shahri va Taxiatosh tumanida yashovchi 3 kishi hamda 1 nafar fransiyalik fuqaro turli darajada jarohatlar olgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra avtobusda 36 kishi bo‘lgan.
Qayd etilishicha, tibbiy yordamga muhtojlarga tegishli yordamlar ko‘rsatilmoqda. Avtobusning jabrlangan boshqa yo‘lovchilarini manzillariga yetkazish choralari ko‘rilyapti.
Mavzuga oid
14:28 / 08.09.2024
Birovning nomiga 20 mln so‘m kredit olib o‘zlashtirib yuborgan shaxs ushlandi
01:05 / 16.08.2024
Jizzaxda 55 nafar hokim yordamchisi ma’muriy javobgarlikka tortildi
19:52 / 04.08.2024
Jizzaxda 3 yoshli bog‘cha bolasining o‘limiga sababchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi
16:23 / 29.07.2024