Jizzaxda Jiguli sel ostida qoldi
Sel oqizib ketgan qum-shag‘al massalari mashinaning ichini ham to‘ldirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida sel ostida qolib, ichi loy va qumga to‘lgan Jiguli tasvirlangan video tarqaldi.
Viloyat FVB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 12 aprel kuni taxminan soat 19:00-20:00 lar oralig‘ida Sharof Rashidov tumani “Tinchlik” MFY, Beshovul qishlog‘ida kuzatilgan yog‘ingarchilik oqibatida qir-adirliklardagi jilg‘adan qum-shag‘al massalari oqib kelgan.
Shu kuni “Ko‘rpasoy” MFY, Tangi qishlog‘ida yashovchi fuqaro X.D o‘ziga tegishli bo‘lgan Jiguli mashinasini nosozligi sababli qir-adirlikning pastki qismiga tashlab ketgan.
Oqibatda adirlikdan oqib kelgan selning qum-shag‘al massalari transport vositasini ko‘mib, uning ichki qismiga to‘lib qolgan.
Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan hodisa natijasida hududdagi aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha obektlari va ichki yo‘llarga zarar yetmagan.
Mavzuga oid
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
17:46 / 19.10.2024
Shohimardon fojiasi: sel va unutilmas dard
22:09 / 14.10.2024
Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
20:36 / 12.10.2024