O‘zbekiston | 13:09 / 13.04.2024
4316
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston maktablar soni so‘nggi 5 yilda 660 taga ko‘paygan

2023-2024 o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 10 750 tani tashkil etgan. 

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, umumta’lim muassasalari soni so‘nggi 5 yilda 660 taga oshgan.     

Yillar kesimida umumta’lim muassasalari soni:

  •  2018-2019 o‘quv yili boshiga – 9774 ta;
  •  2019-2020 o‘quv yili boshiga – 10 090 ta;
  •  2020-2021 o‘quv yili boshiga – 10 181 ta;
  •  2021-2022 o‘quv yili boshiga – 10 289 ta;
  •  2022-2023 o‘quv yili boshiga – 10 522 ta;
  •  2023-2024 o‘quv yili boshiga – 10 750 ta.

Umumta’lim muassasalari soni 1991-1992 o‘quv yili boshiga nisbatan 2193 taga oshgan.

Mavzuga oid