Eron hujumini qaytarish Isroilga taxminan 1,3 milliard dollarga tushdi
Har bir ballistik raketani urib tushirish uchun 3,5 million dollar sarflangani ta’kidlanmoqda.
Isroil Mudofaa kuchlari (TsAHAL) Bosh shtabining sobiq moliyaviy maslahatchisi, zaxiradagi brigada generali Ram Aminax so‘zlariga ko‘ra, Eronning 14 aprelga o‘tar kechasi uyushtirgan hujumini qaytarish mamlakatga taxminan 4-5 milliard shekelga tushgan ( 1-1,3 milliard dollar). Jumladan, bitta ballistik raketani yo‘q qilish taxminan 3,5 million dollarga baholanmoqda.
«Arrow» tizimi tomonidan urib tushirilishi kerak bo‘lgan ballistik raketalar, boshqa raketalar tomonidan urib tushirilishi kerak bo‘lgan qanotli raketalar va biz asosan samolyotlar bilan urib tushiriladigan dronlar haqida gapiradigan bo‘lsak, bu har bir ballistik raketa uchun 3,5 million dollarni, qanotli raketa uchun 1 million dollarni tashkil qiladi. Samolyotlar uchun ham qo‘shimcha xarajatlar bor. Hammasi bo‘lib taxminan 4-5 milliard shekel (1,3 milliard dollar)», dedi Ram Aminax.
Isroil Mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Hagariy so‘zlariga ko‘ra, Eron Isroilga 170 ta dron, 30 ta qanotli raketa va 120 dan ortiq ballistik raketa uchirgan. Isroil havo hujumidan mudofaa tizimi nishonlarning 99 foizini urib tushirgan.
Mavzuga oid
08:50
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
15:10 / 04.11.2024
Isroil G‘arbiy sohildagi UNRWA markazini butunlay vayron qildi
20:27 / 03.11.2024
Isroil «Hizbulloh»ning yuqori martabali a’zosi qo‘lga olinganini e’lon qildi
20:27 / 02.11.2024