O‘zbekiston | 08:55 / 15.04.2024
19142
1 daqiqa o‘qiladi

So‘qoqda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sel oqimlari yuzaga keldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Parkent tumani So‘qoq qishlog‘ida 13 aprel kuni kuchli sel kelgani haqida video xabar tarqaldi. Toshkent viloyati hokimligi ushbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 13 aprel kuni qisqa muddatda yog‘ib o‘tgan ko‘p miqdordagi kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Parkent tumani So‘qoq qishlog‘ining Chashma mahallasida sel oqimlari yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida Parkent tumani So‘qoq qishlog‘ining Chashma mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi suv yo‘liga kuchli yog‘ingarchilik oqibatida oqib kelgan suv sig‘may, mazkur hududdagi avtomobil yo‘lining qatnov qismiga toshib chiqqan.

Parkent tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tegishli xizmatlar tomonidan mazkur holat yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borilgan va o‘rganish natijasida hech qanday talafotlar yuzaga kelmaganligi aniqlangan.

Mavzuga oid