O‘zbekiston | 14:31 / 16.04.2024
4009
1 daqiqa o‘qiladi

18 ming dollar evaziga fuqaroni AQShga ishga yuborishni aytganlar ushlandi 

Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan fuqarolar ushlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan G‘allaorol tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.X. va A.A. fuqaro Yu.Q.ning ishonchiga kirib, go‘yoki uni 18 000 AQSh dollari evaziga Yevropa davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, 2 000 AQSh dollari va 200 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid