Asialuxe Travel kompaniyasidan yozgi dam olish uchun top-5 yo‘nalish
Quyosh, dengiz va yangi taassurotlar – yozgi ta’til uchun bundan yaxshiroq nima bo‘lishi mumkin? Agar siz bu yil dam olish uchun qayerga borish haqida bir to‘xtamga kelmagan bo‘lsangiz, biz siz uchun Asialuxe Travel kompaniyasining beshta eng yaxshi yo‘nalishlari ro‘yxatini tayyorladik.
Antaliya, Turkiya
O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida joylashgan Antaliya shahri o‘zining cheksiz plyajlari, iliq iqlimi va boy tarixi bilan mashhur. Ushbu shahar nafaqat yuqori toifadagi servisga ega hashamatli kurortlar, balki qadimiy shahar muhitiga sho‘ng‘ish, qadimiy yodgorliklarni o‘rganish va dengizda ajoyib manzaralardan zavqlanishni ham taklif qiladi.
Antaliya – katta-kichik yoshdagi bolalar bilan eng qulay dam olishdir. Besh yulduzli mehmonxonalar, bolalar klublari, o‘yin maydonchalari, 24 soatlik enagalar, animatsiya va alohida bolalar menyusi – ota-onalar va bolalar uchun ajoyib kombinatsiya.
Antaliya restoranlarida ajoyib turk taomlarini tatib ko‘rishni unutmang. Barra dengiz mahsulotlaridan tortib mazali go‘shtli taomlar va an’anaviy shirinliklargacha - barchaning didiga mosi bor.
Uzbekistan Airways orqali navbatdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozi 26 aprel kuni amalga oshiriladi.
Antaliyaga sayohat band qiling
Bodrum, Turkiya
Ëzda albatta tashrif buyurish kerak bo‘lgan yana bir yo‘nalish – bu Bodrum. Egey dengizi qirg‘og‘ida joylashgan ushbu kurort-shahar shaffof suvlari va chiroyli manzaralari bilan mashhur. Bu yerda quyoshdan zavqlanishingiz va dengizda cho‘milishingiz, shuningdek, vindsyorfing, dayving va suv chang‘isi kabi suv mashg‘ulotlarini sinab ko‘rishingiz mumkin.
Bodrumning madaniy diqqatga sazovor joylari ham taassurot qoldiradi. Shahar ustida qad rostlagan muqaddas Pyotr qasri Egey dengizi va qadimiy portga hayratlanarli manzaralarni taqdim etadi.
Tungi hayotni yaxshi ko‘radiganlarga Bodrumda vaqtni quvnoq o‘tkazish uchun ko‘plab bar, klub va restoranlar mavjud. Mahalliy bozor va butiklar ushbu sehrli joyning bir qismini o‘zingiz bilan olib keta olishingiz uchun suvenir, kiyim va bezaklarning katta tanlovini taklif qiladi.
Uzbekistan Airways orqali navbatdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozi 25 may kuni amalga oshiriladi.
Bodrumga sayohatni band qiling
Dalaman / Marmaris / Fethiye, Turkiya
Agar siz tabiat qo‘ynida sokin dam olish haqida orzu qilayotgan bo‘lsangiz, Dalaman (Marmaris, Fethiye) siz uchun ajoyib tanlov bo‘ladi. Ushbu hudud o‘zining chiroyli manzaralari, tog‘ so‘qmoqlari va shaffof suvli daryolari bilan mashhur. Bu yerda piyoda sayr qilish, rafting bilan shug‘ullanish yoki shunchaki sokinlikdan zavqlanish mumkin.
Dalaman, shuningdek, o‘zining termal buloqlari va spa-markazlari bilan ham taniqli. Davolovchi muolajalar va massajdan zavqlanib, shinam sharoitda kuchingizni tiklang.
Marmaris, aksincha, harakat, faollik va o‘yin-kulgini yaxshi ko‘radiganlar uchun juda mos keladi. Axir, bu erda kafelar, restoranlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qirg‘oqda, shuningdek, mashhur barlar ko‘chasi joylashgan.
Uzbekistan Airways orqali navbatdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozi 7 iyun kuni amalga oshiriladi.
Dalaman/ Marmaris / Fethiyega sayohatni band qiling
Praga / Karlovi Vari / Mareanske-Lazne, Chexiya
Chexiya Respublikasiga tashrif buyurish uchun Shengen vizasi talab qilinadi.
Asialuxe Travel charter dasturi bilan uchayotgan sayyohlarga zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va viza olishda alohida yordam ko‘rsatiladi.
Yevropaning qoq markazida joylashgan sehrli shahar Praga o‘zining boy tarixi, mahobatli me’morchiligi va betakror atmosferasi bilan millionlab sayyohlarni o‘ziga tortadi. Pragadan siz Karlovi Vari yoki Marianske Laznening ajoyib tibbiy kurortlariga o‘tishingiz mumkin, u yerda tajribali shifokorlar nazorati ostida turli kasalliklarni kompleks davolash mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, Pragadan osongina Yevropaga deraza ochishingiz va Parij, Milan, Venetsiya, Drezden va boshqalarga tashrif buyurishingiz mumkin.
Praga chiptalariga joriy chegirmalarni havolada topishingiz mumkin.
Uzbekistan Airways orqali navbatdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozi 23 may kuni amalga oshiriladi.
Praga / Karlovi Vari / Mareanske-Laznega sayohatni band qiling
Burgas, Bolgariya
Qora dengiz sohilining marvaridi bo‘lgan Burgas o‘zining go‘zal plyajlari va turli xil o‘yin-kulgilari bilan sayyohlarni o‘ziga tortadi. Bu yyerda siz Quyoshli plyaj, Nesebr, Pomoriye, Obzor kabi afsonaviy qumli plyajlarda dam olishingiz, suv sporti bilan shug‘ullanishingiz, go‘zal quyosh botishi va quyosh chiqishidan bahramand bo‘lishingiz, tarixiy diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishingiz, mahalliy oshxona va tungi hayotdan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Bolgariyaga sayohat qilish uchun sizga Shengen vizasi ham kerak bo‘ladi. Asialuxe Travel turizm dasturining sayohatchilari hujjatlarni yig‘ish va viza yordamini olishda individual yordam olishlari mumkin.
Uzbekistan Airways orqali navbatdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozi 15 iyun kuni amalga oshiriladi.
Burgasga sayohatni band qiling
Kompleks turistik to‘plamlar O‘zbekistonning barcha turistik agentliklarida mavjud.
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni asialuxe.uz saytida va turoperatorning sotuv ofislarida olishingiz mumkin.
Telefon: +998 (71) 201-77-77
Sayt: asialuxe.uz
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Telegram: t.me/asialuxe
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 27.10.2024
Maldiv – bu hamyonbop! Asialuxe Travel bilan ushbu ajoyib orolga to‘g‘ridan to‘g‘ri reys bilan uchamiz
15:00 / 27.09.2024
Bola Antaliyada bepul dam oladi! Asialuxe Travel kuz-qish yo‘nalishlarini erta band qilish afzalliklari haqida aytib beradi
15:00 / 24.09.2024
Asialuxe Travel bilan yangi ufqlarni kashf qiling
15:00 / 19.09.2024