O‘zbekiston | 09:42 / 18.04.2024
5149
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 18 aprel kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida turli sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bitimlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid