YeChL. «Real» amaldagi chempion «Siti»ni penaltilar seriyasida dog‘da qoldirdi, «Bavariya» ham yarimfinalda
Yevropa Chempionlar Ligasida chorakfinal bahslari yakunlandi.
Dastlabki o‘yinda «otishma» uyushtirgan «Real» va «Manchester Siti»ning javob bellashuvida ham g‘olib aniqlanmadi. Asosiy vaqtda Rodrigoning tezkor goliga 76-daqiqada de Bryuyne javob berdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida Luninning 2 ta seyvi «qirollik klubi»ni yarimfinalga olib chiqdi. E’tiborlisi, ukrainalik posbon o‘yin davomida ham ko‘p bor jamoasini gollardan qutqarib qolgandi — 10 ta seyv.
Londondan durang bilan qaytgan «Bavariya» o‘z maydonida «Arsenal»ni Kimmixning goli evaziga mag‘lub etdi.
Shu tariqa ikkinchi yarimfinalda «Bavariya» va «Real» o‘zaro to‘qnash keladigan bo‘ldi. Birinchi yarimfinal esa «PSJ» va «Borussiya D» o‘rtasida o‘tkaziladi.
YeChL. 1/4 final. 17 aprel
Javob bahslari
Manchester Siti — Real 1:1
Penaltilar seriyasi — 3:4.
Gollar: De Bryuyne (76) — Rodrigo (12).
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Diash, Akanji (Stounz, 112), Gvardiol, Foden, Grilish (Doku, 72), de Bryuyne (Kovachich, 112), Silva, Rodri, Holand (Alvares, 90).
Real – Lunin, Karvaxal (Militao, 110), Nacho, Ryudiger, Mendi, Kroos (Modrich, 79), Valverde, Kamavinga, Bellinghem, Vinisius (Vaskes, 102), Rodrigo (Dias, 84).
Ogohlantirishlar: Karvaxal (38), Grilish (59), Gvardiol (61), Rodri (90), Mendi (90+4).
Birinchi o‘yin — 3:3.
Bavariya — Arsenal 1:0
Gol: Kimmix (63).
Bavariya – Noyyer, Dayyer, de Ligt, Mazraui (Kim Min Chje, 76), Gerreyru, Goretska, Laymer, Kimmix, Sane (Upamekano, 89), Musiala, Keyn.
Arsenal – Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Tomiyasu (Nketia, 86), Jorjinio (Jyezus, 68), Edegor, Rays, Haverts, Martinelli (Trossar, 68), Saka.
Ogohlantirishlar: Laymer (54), Uayt (84), Kimmix (90+2), Jyezus (90+3).
Birinchi o‘yin — 2:2.
Mavzuga oid
12:28 / 20.09.2024
«Barsa» o‘yinida sensatsiya, «Arsenal»ni darvozabon qutqardi. YeChLda kun o‘yinlari
12:28 / 19.09.2024
«Siti» gol urolmadi, «PSJ»ga kulgili gol yordam berdi. YeChLda kun o‘yinlari
02:00 / 09.05.2024
«Real» «Bavariya» bilan bahsda superkambek amalga oshirib, Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi
01:54 / 08.05.2024