DXX Farg‘ona viloyatida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘ydi
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Farg‘ona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yildi.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Quva tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs 2020 yilda tuman hokimining qarori asosida, o‘zining qarindoshiga «Yoshlar mehnat guzari» bino-inshootlari qurish uchun ijara huquqi asosida berilgan 15 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 25 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Uchko‘prik tumanida yashovchi shaxs 2016 yilda o‘zining o‘g‘li nomiga tashkil etilgan bog‘dorchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jalikka tuman hokimining 2019 yildagi qarori bilan sabzavotchilik-bog‘dorchilik yo‘nalishida foydalanish uchun ijara huquqi asosida qo‘shimcha ravishda ajratib berilgan 10 gektar yer maydonini xaridorga 30 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Toshloq tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs tuman hokimining 2017 yildagi qarori bilan o‘z akasiga issiqxona va bog‘dorchilik uchun foydalanishga berilgan 30 sotix yer maydonidan 12 sotixini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 19,2 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Rishton tumanida yashovchi shaxs davlat zaxirasidagi 12 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 25 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:40 / 02.11.2024
Hindiston Farg‘onada xalqaro ko‘p tarmoqli klinika tashkil etadi
19:32 / 30.10.2024
Farg‘onada jamoat transporti yo‘l haqi oshirildi
16:35 / 30.10.2024
Farg‘onada saylov qonunchiligini buzgan uchastka saylov komissiyasi a’zosi ma’muriy jazoga tortildi
11:07 / 24.10.2024