O‘zbekiston | 09:48 / 19.04.2024
13802
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida FVB boshliqlari o‘zgardi

Samarqand viloyati FVB boshlig‘i Surxondaryo viloyatida shu lavozimga o‘tdi. Uning o‘rnini shu vaqtgacha Surxondaryo viloyati FVBga rahbarlik qilgan hamkasbi egalladi.

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. 

Nurali Qodirov / Samarqand viloyati IIB

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan podpolkovnik Nurali Usmonaliyevich Qodirov Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Nurali Qodirov Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi.

Ilhom Ismoilzoda / O‘zbekiston FVV

Polkovnik Ilhom Ismoilzoda Surxondaryo viloyati FVB rahbari sifatida ish boshladi.

Tayinlovga qadar polkovnik Ilhom Ismoilzoda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid