Toshkentda Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi 33 yoshli I.N. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 12 150 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahari Yunusobod tumanida yashovchi 27 yoshli D.X. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan D.X. Internet foydalanuvchilariga “Telegram” messenjeri orqali turli xil mazmunidagi xabar (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.X.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
21:58
Sariq va qizil ranglarda tovlanayotgan Toshkent - fotojamlanma
17:42
Xavfsizlik chegarasidan 80 barobar yuqori: Lahor dunyoning havosi eng iflos shaharlaridan biri
08:10
Toshkentda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi
18:03 / 03.11.2024