Tibbiyot xodimlari faoliyatiga noqonuniy aralashgan 87 nafar shaxs jazolandi
54 nafariga jarima jazosi, 33 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
2023 yildan shu vaqtgacha tibbiyot xodimlari faoliyatiga noqonuniy aralashgan 87 nafar shaxs jazolandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 2023 yil mart oyida «Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun muvofiq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 197-7-modda (tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish) bilan to‘ldirilgan edi.
Qonun kuchga kirgan vaqtdan boshlab, 2023 yilda ushbu modda bilan 62 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan: 40 nafariga jarima jazosi, 22 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
2024 yil 1-choragida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-7-moddasi bilan 25 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan: 14 nafariga jarima jazosi, 11 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
20:57 / 31.10.2024
Sudanda 130 ayol jinsiy zo‘ravonlikdan qutulish uchun o‘z joniga qasd qildi
09:30 / 23.10.2024
Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi
17:57 / 12.10.2024
Ayollar uchun xavfsiz boshpana – reabilitatsiya markazlari qanday ishlaydi?
14:21 / 02.10.2024