La Liga. «Real» klasikoda yana irodali g‘alabaga erishib, chempionlik intrigasini «o‘ldirdi»
Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Real» o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qilib, xuddi birinchi davrada bo‘lgani kabi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Kristensen va Ferminning gollariga mezbonlardan Vinisius, Lukas hamda Bellinghem javob berishdi. Jud Kataloniyada bo‘lganidek g‘alaba to‘pini qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritdi.
Natijada Madrid klubi ochkolarini 81 taga yetkazdi va chempionat yakuniga 6 ta tur qolganida eng yaqin ta’qibchisi «Barsa»dan (70) 11 ochkoga o‘zib ketdi.
La Liga. 32-tur
Real — Barselona 3:2
21 aprel, «Santiago Bernabeu»
Gollar: Vinisius (18, penalti), Vaskes (73), Bellinghem (90+1) — Kristensen (6), Lopes (69).
Real – Lunin, Ryudiger, Chuameni, Valverde, Kamavinga (Fran Garsiya, 71), Modrich, Kroos (Braim Dias, 71), Bellinghem, Vaskes, Vinisius Junior (Xoselu, 82), Rodrigo (Militao, 74).
Barselona – ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Joau Kanselu, Kristensen (Fermin Lopes, 46), Gundo‘g‘an, de Yong (Pedri, 45), Rafinya (Joau Feliks, 64), Yamal, Levandovski (Ferran Torres, 64).
Ogohlantirishlar: Kamavinga (33), Vinisius (75), Kunde (75), Modrich (83), Kubarsi (90).
Mavzuga oid
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
12:38 / 30.08.2024
«Barsa»dan jiddiy start. Flik chempionlik uchun kurashishini baralla e’lon qildi
02:06 / 15.08.2024
«Real» «Atalanta»ni mag‘lub etib, UYeFA superkubogini eng ko‘p yutgan klubga aylandi
18:54 / 09.08.2024