O‘zbekiston | 08:21 / 22.04.2024
3088
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Toshkentdagi yirik korxonalarga quyosh panellari o‘rnatmoqchi

Joriy yilning 20 aprel kuni Toshkent shahar hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining Yupont Group Ltd. kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov, hokimning investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sharof Rahmonov, “Toshkent invest kompaniyasi” AJning strategik masalalar bo‘yicha direktori Rustam Qodirov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi

Tadbir davomida tomonlar Toshkent shahrida yashil energetikani rivojlantirish masalalarini batafsil muhokama qildi.

Yupont Group Ltd. tomonidan Toshkent shahridagi yirik sanoat korxonalariga umumiy quvvati 100 MVt ga teng quyosh panellari o‘rnatish orqali ularni yashil energiyaga o‘tkazish borasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mavzuga oid