O‘zbekiston | 08:00 / 23.04.2024
23634
1 daqiqa o‘qiladi

Aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng past hudud ma’lum bo‘ldi 

O‘zbekistonda aholisi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng past hudud ma’lum bo‘ldi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zsuvta’minot” respublika miqyosida hududlar kesimida aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha infografika taqdim etdi. 

Unga ko‘ra, Toshkent shahri 97,7 foiz ko‘rsatkich bilan yetakchi o‘rinda bo‘lsa, eng quyi natija — Qashqadaryo viloyatida 59,4 foizni tashkil etmoqda.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha:

  • Andijon viloyatida – 90,9 foiz
  • Buxoro viloyatida – 73,2 foiz
  • Jizzax viloyatida – 70,4 foiz
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 72,4 foiz
  • Farg‘ona viloyati – 79,4 foiz
  • Xorazm viloyati – 90,4 foiz
  • Samarqand viloyati – 75,4 foiz
  • Namangan viloyati – 82,7 foiz
  • Sirdaryo viloyati – 86,9 foiz
  • Surxondaryo viloyati – 62,9 foiz
  • Toshkent viloyati – 79,4 foiz.

Mavzuga oid