Iqtisodiyot | 10:12 / 23.04.2024
3220
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda

Toshkent viloyatida esa Ozarboyjon funduk navining ko‘chatlarini ekish ko‘zda tutilgan. 

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Ozarboyjon va O‘zbekiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Ozarboyjonga tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida ushbu mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Mejnun Mamedov bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida Toshkent viloyatida Ozarboyjon funduk navining ko‘chatlarini ekish hamda Ozarboyjonning Fizuliy tumanida anor va boshqa meva bog‘larini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi faoliyati o‘rganildi va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Mavzuga oid