Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi
Odessada Rossiya dronlarining zarbalari natijasida uylar vayron bo‘ldi. Jabrlanganlar orasida to‘rt nafar bola ham bor.
23 aprel, seshanbaga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Odessaga Shahed-131/136 dronlari yordamida hujum qildi, oqibatda to‘qqiz kishi, jumladan, to‘rt nafar: 12 va 9 yoshli bolalar, shuningdek, ikki go‘dak jabrlandi. Bu haqda viloyat harbiy boshqarmasi rahbari Oleg Kiper ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar shifoxonada o‘rtacha og‘ir ahvolda qolmoqda. Uch nafar yoshi kattalar ham o‘rtacha og‘ir holatda kasalxonaga yotqizilgan, yana ikki kishi kasalxonaga yotishdan bosh tortgan.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati (FVDX) hujum natijasida turar joy binolari vayron bo‘lganini ma’lum qildi. Odessa meri Gennadiy Truxanovning aytishicha, kamida 14 xonadon shikastlangan.
Rossiya Mudofaa vazirligi bu zarba haqida hozircha xabar bermadi.
Kiyev viloyatiga tungi hujum
Kiyev va boshqa viloyatlarga tunda ham hujum uyushtirildi. Shahar harbiy boshqarmasi boshlig‘i Sergey Popkoning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina poytaxti tomon uchayotgan barcha dronlar urib tushirilgan. Vayronalar va qurbonlar yo‘q. Dronlar Kursk viloyatidan uchirilgan, deya aniqlik kiritdi Popko.
Ukraina Harbiy-havo kuchlarining xabar berishicha, Rossiya armiyasi tomonidan uchirilgan 16 ta hujumkor drondan 15 tasi tunda Mikolayiv, Odessa, Kiyev va Cherkassk viloyatlarida urib tushirilgan.
Mavzuga oid
10:47
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
15:10 / 09.11.2024
Rossiyada kartoshka va sariyog‘ narxi ko‘tarilishda davom etmoqda
14:30 / 09.11.2024