Toshkent aeroportidagi maxsus texnika parki yangi ambuliftlar bilan to‘ldirildi
Uzbekistan Airports kompaniyasi Toshkent aeroporti uchun mahalliy ishlab chiqaruvchi kompaniyadan ikkita yangi ambulift sotib oldi. Hozirda poytaxt aeroportida jami to‘rtta shunday ixtisoslashtirilgan mashinalar mavjud.
Ambulift - nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilarni samolyot bortiga olib chiqish va undan tushirish uchun mo‘ljallangan, eshiklari ikki tomondan ochiladigan to‘liq qoplangan kuzovli maxsus transport vositasi. Ushbu transport nogironlar aravachasidagi, yotuvchi yo‘lovchilar va ularga hamrohlik qiluvchi xodimlar uchun mo‘ljallangan.
Uzbekistan Airports maxsus transport parkini yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib bormoqda.
Jumladan, ichimlik suvi yetkazib beruvchi yangi mashinalar, perron avtobuslari, oqova suvlarni tozalovchi, aerodrom majmuasini tozalash uchun yangi universal mashinalar, samolyotlarni muzdan tozalash mashinalari, samolyot tashuvchi transport, dvigatellarni yerda ishga tushirish qurilmalari, samolyot saloni uchun havo konditsionerlari va boshqalar xarid qilinmoqda.
Mavzuga oid
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi
00:08 / 20.10.2024
Yangi Zelandiya aeroportida yo‘lovchilar va ularni kuzatgani chiqqanlarga 3 daqiqadan ortiq quchoqlashish taqiqlandi
12:10 / 10.10.2024