O‘zbekiston | 10:11 / 23.04.2024
1955
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida metan-zapravka 1 oyda salkam 2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida joylashgan, MChJga qarashli AGTKShda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura

Qayd etilishicha, AGTKShda elektron gazni hisobga olish uskunalariga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali, hisoblagichlarning elektron xotira ma’lumotlari yo‘qotishga erishib, tabiiy gazni avtomobillarga siqilgan gaz sifatida sotishi oqibatida 2024 yil 28 fevraldan 28 martga qadar, 30 kun davomida 1 mlrd 809,3 mln so‘mlik 1 275 120 metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan MChJ rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Mavzuga oid