Iqtisodiyot | 08:58 / 24.04.2024
5168
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mart oyida 1,35 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Mart oyida O‘zbekiston 1,35 mlrd dollarlik, yil boshidan buyon esa 2,66 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. 

Foto: Bloomberg

2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan qariyb 1 mlrd dollar yoki 6,2 foizga ko‘p.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, eksport 10 foizga — 6,38 mlrd dollargacha oshdi. Import 9,44 mlrd dollargacha ortdi. Tashqi savdo taqchilligi biroz qisqardi va 3,05 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023 yilga nisbatan 232,2 mln dollarga kam.

Birinchi chorakda oltin eksporti 10,5 foizga oshib, 2,66 mlrd dollarni tashkil etdi (2023 yilning birinchi choragida 2,41 mlrd dollar bo‘lgan). Bu mamlakat umumiy eksportining 41,7 foizini tashkil etadi.

Mart oyida 1,35 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi yoki fevral oyidagi bilan (1,32 mlrd dollar) deyarli bir xil miqdorda oltin eksport qilindi.

Mavzuga oid