Iqtisodiyot | 08:07 / 24.04.2024
4876
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi salkam 16 mlrd dollarga yetdi 

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 6,2 foizga oshgan.

Foto: Kun.uz

2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd AQSh dollariga yetgan. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 927,9 mln AQSh dollariga yoki 6,2 foizga oshgan.

Toshkent shahri O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori - 38,5 foiz ulushni egallagan. 

2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eksport hajmi qariyb 6,4 mlrd AQSh dollariga yetgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10 foizga ko‘p.

Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston jahonning 184 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 15,8 mlrd AQSh dollariga yetkazgan. 

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (19 foiz), Rossiya (17,7 foiz), Qozog‘iston (5,9 foiz), Turkiya (4,1 foiz) va Koreya Respublikasida (3,4 foiz) qayd etilgan.

Mavzuga oid