O‘zbekiston | 10:00 / 24.04.2024
2565
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“SOUVENIR” MChJ – O‘zbekistondagi kumushni qayta ishlash zavodi haqida

Sovg‘a biznesi, madaniyat va tadbirkorlikni birlashtiradigan noyob sohadir. 2019 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallardan foydalanish imkoniyatining berilishi, ishlab chiqarilayotgan mahalliy zargarlik mahsulotlari hajmini kengaytirish imkonini yaratdi. Shunga asosan 2019 yilda, O‘zbekistonda qimmatbaho metallardan suvenirlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Souvenir” mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasi ochilgani munosabati bilan birgalikda, qimmatbaho metall ixlosmandlari uchun ham yorqin yil bo‘ldi. “Souvenir” MChJ esdalik sovg‘alari bilan bir qatorda “Ashurov Argenti” savdo belgisi (ya’ni brendi) ostida kumush oshxona jihozlarini ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ydi. Bugungi kunda “Souvenir” MChJ kumushdan yasalgan oshxona jihozlarini ishlab chiqaruvchi sifatida nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyo miqyosida yagona ishlab chiqaruvchi hisoblanadi desak ham adashmagan bo‘lamiz.

Zavodning ishlab chiqarish quvvati va imkoniyatlari

Zavod xomashyoni xarid qilish va qayta ishlashdan tortib, yakuniy mahsulotni qadoqlashgacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayoni uchun kerakli bo‘lgan turli xil Yevropa uskunalari bilan to‘liq jihozlangan. Bugungi kunda zavod yiliga 3 tonnadan ortiq kumushni qayta ishlash imkoniyatiga ega.

Kumushni qayta ishlash qanday amalga oshiriladi?

Korxona eng yuqori soflikdagi (999,9 proba) kumushni O‘zbekistondagi yirik tog‘-metallurgiya zavodlaridan sotib oladi. Zavodda kumush ehtiyotkorlik bilan qayta ishlanadi. Sof 999 kumush yumshoq bo‘lgani tufayli, keyingi bosqichlarda u qayta ishlanib bardoshli 925 kumushga yoki Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan "sterling kumushga" aylantiriladi.

Ishlab chiqarish jarayonida har bir bosqich o‘z sohasining yetakchi ishchilari jamoasi tomonidan ta’minlanadi. Kumush ishlab chiqarish uchun 50 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislar rahbarligida zamonaviy uskunalarda qayta ishlanadi.

Korxona o‘z amaliyotini ishga tushirishidan avval, O‘zbekistondagi eng yaxshi mutaxassislar orasidan zargarlarni, hunarmandlarni, quyuvchilarni, muhandislarni va sayqal beruvchilarni sinchkovlik bilan tanlab ishga jalb qilgan.

Bundan tashqari, italiyalik hamkorlar bilan zavodda ixtisoslashtirilgan o‘quv kurslari tashkil etilgan. Xodimlarda, ayniqsa, kumushsozlikning nozik mahoratini oshirishda bunday tadbirlar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Mahsulotlar: nafislik, hashamat va sifat uyg‘unligi

“Ashurov Argenti” brendi mahsulotlari sofligi 925 bo‘lgan kumushdan tayyorlangan bo‘lib, bu oshxona jihozlari hashamatli va nafis ko‘rinishga egadir. Har bir mahsulot vazni, o‘lchami va dizayni bo‘yicha o‘ta aniqlik bilan ishlab chiqariladi. O‘z navbatida bu kumush jihozlaridan foydalanganda qulayligini ta’minlaydi. Oshxona jihozlar assortimenti juda turli va xilma-xil bo‘lib, 40 dan ortiq jihozlarini o‘z ichiga oladi.

Yirik iste’molchilar doirasi – esdaliklarning katta tanlovi

“Ashurov Argenti” brendi mahsulotlari juda xilma-xil va ko‘p qirrali bo‘lgani tufayli, potensial iste’molchilarning doirasi ham katta. Shu tufayli brend mahsulotlari har qanday segment uchun to‘g‘ri keladi. Avvalo bu mahsulotlarni iste’molchilar o‘zlari har kun ishlatish uchun xarid qilishadi. Bundan tashqari, ajoyib va ​​esda qolarli sovg‘a sifatida yubiley, tug‘ilgan kunlar, to‘ylar va boshqa bayramlar, muhim tadbirlar uchun sovg‘a sifatida xarid qilinadi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, har qanday tanlangan mahsulot mijozning ixtiyoriga ko‘ra, o‘zlarining ismlarini venzel yoki monogramma shaklida gravirovka qildirish imkoni mavjud. Bu esa sovg‘ani chinakamiga betakror qilib, unga alohida mehr va e’tiborning bir qismini qo‘shadi.

Chakana savdodan tashqari, boshqa segmentda mehmonxonalar, korporativ tadbirlar va boshqalar kabi mijozlar bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Mahsulotlar assortimenti nafaqat individual oshxona jihozlarini, balki iste’molchining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, turli xil konfiguratsiyalik tayyor to‘plamlarni va esdalik sovg‘alari, ya’ni, suvinerlar ishlab chiqarishni ham o‘z ichiga oladi.  

Unutilmas esdalik sovg‘alari

"Souvenir" MChJ brendi ostida qimmatbaho metallardan turli xil esdalik buyumlari, ya’ni tarixiy obidalar, korporativ va boshqa suvenir mahsulotlari ham ishlab chiqariladi. Bu yo‘nalishda nafaqat tayyor mahsulotlar, balki mijozning taklif va g‘oyalarini inobatga olgan holda yuqori sifatli bo‘lgan haqiqiy noyob va takrorlanmas esdalik mahsulotini yaratish imkoniyati ham mavjud. 

Ko‘proq mahsulotlar va kengroq imkoniyatlar – kompaniya kelajagi haqida

Kompaniya kelajakda qo‘shimcha kumush aksessuarlar tayyorlashni o‘z rejasiga kiritgan va o‘z assortimentini kengaytirish ustida faol ishlamoqda. Bundan tashqari, o‘z faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekistondan tashqarida ham o‘z mahsulotlarini taklif qilmoqda.

Telefon:  +998(71)205-0700, +998(95)105-0700

WhatsApp/Telegram:+998(95)105-0700 / @souveniruzb 

Veb sayt: www.souvenir-uz.com, www.ashurov.uz 

Instagram: @souvenir_argenti, @ashurov_argenti 

Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100092713374631

Reklama huquqi asosida