O‘zbekistonda uch oyda eng ko‘p sotilgan mahsulotlar ma’lum qilindi
Ro‘yxatning boshida metan gaz qayd etilgan bo‘lsa, quyi pog‘onalarda shakar va propan gaz joy olgan.
Soliq qo‘mitasi 2024 yilning I choragida eng ko‘p sotilgan mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi.
O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, quyidagi mahsulotlar eng ko‘p sotilgan: metan gaz – umumiy realizatsiya summasi 3,4 trln, benzin AI-80 – 2,6 trln so‘m.
Aviachipta (xalqaro) – 2,3 trln so‘m, benzin AI-92 – 1,2 trln so‘m, 1-navli bug‘doy uni – 1,1 trln so‘m, uyali telefonlar – 638,3 mlrd so‘m, fast-fud – 613 mlrd so‘m, kungaboqar yog‘i – 543,1 mlrd so‘m, asosiy go‘shtli taomlar – 470,2 mlrd so‘mga sotilgan.
Shuningdek, pishiriqlar – 427,4 mlrd so‘m, alkogolsiz ichimliklar – 399,4 mlrd so‘m, mehmonxona xizmatlari – 394,9 mlrd so‘m, shakar – 378,5 mlrd so‘m, propan gaz – 374,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Mavzuga oid
12:10 / 24.10.2024
O‘quvchilar ota-onalari qaysi mahsulot iste’moliga ruxsat bermasligi aytildi
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
08:50 / 20.09.2024
Soliq qo‘mitasi ikki bankni javobgarlik choralari to‘g‘risida ogohlantirdi
19:46 / 19.09.2024