O‘zbekiston | 10:26 / 26.04.2024
3122
2 daqiqa o‘qiladi

Professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari Britaniyaga ishga yuborilishi mumkin 

Joriy yildan boshlab Britaniyaning Chevening ta’lim grantlari soni O‘zbekiston uchun ikki barobar oshirildi.

Foto: gov.uz

25 aprel kuni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Britaniyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Timoti Smartni qabul qildi.

Suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu ta’lim ekanini qayd etib, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, shu jumladan, Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeronning Toshkentga kuni kecha bo‘lib o‘tgan tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi. 

Shuningdek, O‘zbekistonning professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini Britaniyaga ishga yuborish uchun maqsadli tayyorlash muhokama qilindi. Elchi joriy yildan boshlab Britaniyaning Chevening ta’lim grantlari sonini O‘zbekiston uchun ikki barobarga oshirilganini mamnuniyat bilan ma’lum qildi. 

Uchrashuv yakunida Britaniya kengashi bilan OTMda ta’lim sifatini oshirish va samarali boshqaruv tizimini shakllantirish bo‘yicha ikkita loyihani davom ettirish, Britaniyaning Pearson ta’lim dasturini O‘zbekistonda joriy qilish, professional va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini Britaniyaga ishga yuborish uchun maqsadli tayyorlash yuzasidan Britaniya tomonidan ish beruvchilar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid