Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha axborot berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
2022 yilda o‘tgan ilk forumga 56 mamlakatdan mingdan ziyod xorijiy mehmonlar kelgan bo‘lsa, bu yil 84 ta davlatdan qariyb 2 ming 500 kishi qatnashishi kutilmoqda. Ular orasida hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari, BMT, YeTTB, OPeK, ShHT kabi xalqaro tashkilotlardan yuqori martabali mehmonlar bor.
Forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda barcha tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rildi.
Forum mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini ko‘rsatish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni kelishish uchun qulay maydondir. Uning doirasidagi tadbirlar, muhokama qilinadigan masalalar ko‘p. Jumladan, shu’ba majlislari, davra suhbatlari, taqdimotlar, hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari kabi 40 dan ortiq tadbirlar rejalashtirilgan. Shuningdek, qator loyihalarni ishga tushirish marosimi ko‘zda tutilgan.
Davlat rahbari forumni yuqori darajada tashkillashtirish, har bir tarmoq va hududning investitsiyaviy salohiyatini to‘la namoyon etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
3 may kuni O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi ham o‘tkaziladi.
Bu galgi majlisda mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
22:46 / 26.10.2024
Dunyodagi eng nufuzli biznes-indeks tiklandi
21:10 / 22.10.2024
Yanvar-sentabr oylarida 23,7 mlrd dollarlik xorijiy sarmoya kirib kelgani aytildi
16:59 / 21.10.2024