Toshkent aeroporti yangi samolyot buksirlarini foydalanishga qabul qildi
Uzbekistan Airports Toshkent aeroporti uchun TLD Europe (Fransiya) kompaniyasidan to‘rtta yangi TMX-150-15 aerodrom buksirlarini xarid qildi. Ayni paytda poytaxt aeroportida ushbu turdagi texnikalarning umumiy soni to‘qqiz donaga yetdi.
Aerodrom buksiri - bu havo kemalarini shatakka olib yurish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan yuk mashinasi. Xususan, samolyotlar mazkur transport vositasi yordamida uchish-qo‘nish yo‘lagiga, turish joyiga, terminalga yoki texnik xizmat ko‘rsatish uchun angarga yetkaziladi.
Buksir yordamida samolyotning perronda aniq joylashishini ta’minlash, aviatsiya yoqilg‘isini tejash va dvigatelning ishlash muddatini uzaytirish, shuningdek, samolyotlarni aeroport ichida harakatlantirishda xavfsizlikni ta’minlashga yordam beradi.
Uzbekistan Airports kompaniyasi maxsus transport parkini yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib bormoqda.
Jumladan, aerodrom majmuasini tozalash uchun yangi universal mashinalar, samolyotlarni muzdan tozalash mashinalari, samolyot tashuvchi transport, dvigatellarni yerda ishga tushirish qurilmalari, samolyot saloni uchun havo konditsionerlari va boshqalar xarid qilinmoqda.
Mavzuga oid
12:02
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
11:56
Aviatsiya tarixidagi g‘alati halokat: uchuvchi nega samolyotni tog‘ga olib borib urgandi?
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
07:37 / 26.10.2024