O‘zbekiston va Afg‘oniston 44 mln dollarlik eksport shartnomalarini imzolashga kelishib oldi
Afg‘oniston ishbilarmon doiralari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida mahalliy korxonalar tomonidan qariyb 44 million dollarlik eksport shartnomalar imzolashga kelishildi.
Savdo-sanoat palatasi xabariga ko‘ra, Afg‘onistonda doimiy aholi soni 34,9 million nafarga yetdi. Import bozori 7 milliard dollarni tashkil etadi. Eng ko‘p talab qilinadigan tovarlar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm, elektrotexnika mahsulotlari va qurilish materiallari hisoblanadi.
Shuningdek, muzokaralar natijasida qo‘shni davlatning 18 ta yetakchi kompaniya vakillari ishtirokida O‘zbekiston - Afg‘oniston Ishbilarmonlar kengashini tuzishga kelishib olindi.
Ishbilarmonlar kengashining tuzilishi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga, ular uchun o‘zaro munosabatlarning yangi platformalarini yaratishga, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Afg‘onistonga eksport qilish hajmini oshirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda yordam beradi.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
12:50 / 04.11.2024