O‘zbekiston | 18:03 / 30.04.2024
56684
2 daqiqa o‘qiladi

Sinoptiklar may oyida kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi

May oyi birinchi o‘n kunligi oxirida, shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda havo harorati ba’zi joylarda +38 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

"O‘zgidromet" bu yil may oyi qanday bo‘lishi kutilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

1-2 may kunlari respublikaning barcha viloyatlarida, 3 mayda hududning katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kunduzi +26...+29 daraja, ba’zi joylarda +30...+32 darajagacha bo‘ladi.

3 mayda respublikaning janubi-g‘arbida, 4-5 maya kunlari aksariyat viloyatlarda, 6 mayda sharqiy hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Yomg‘ir paytida harorat +20...+25 darajagacha pasayadi.

May oyi birinchi o‘n kunligining oxirida, shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda havo harorati +23...+28 darajadan +30...+35 darajagacha, ba’zi joylarda +38 darajagacha o‘zgarib turadi.

Ushbu davrning ayrim kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘adi, ba’zi joylarda jala xususiyatli mahalliy yomg‘irlar yog‘adi. Hatto bitta shahar ichida ham may yomg‘iri bir joyda kuchli yog‘ishi va boshqa joyda esa deyarli yog‘masligi mumkin.

Ayniqsa tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi juda xavflidir. Ular sel kabi dahshatli tabiiy hodisaning shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga oid