Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalangan MChJlar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda, N-K. MChJ rahbari X.X. va boshqalar Qarshi shahri “G‘afur G‘ulom” MFY ko‘chasidagi shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan DXX va ETK xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, Y.N. MChJ mas’ul shaxslari Yashnobod tumani Tuzel-1 massivida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexidagi elektr hisoblagichga qasddan shikast yetkazib, jami 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:08 / 24.12.2024
Xorazmda yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi
09:19 / 19.12.2024
To‘rt viloyatda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
08:14 / 18.12.2024
1,8 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxs ushlandi
09:02 / 16.12.2024