Jamiyat | 08:53 / 01.05.2024
2559
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda salkam 17 ming dollarlik dorilarning noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi 

Dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqarolar N.R. va D.T. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Bektemir tumanidagi savdo majmuasi oldida fuqaro A.S.ga 864 quti “Terafleks Advans” nomli dori vositasini 16 750 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid