Rossiyaning Kursk oblastida migrantlarga taksi haydovchisi sifatida ishlash taqiqlandi
Rossiya regionlarining taxminan uchdan bir qismida migrantlar ishlashi mumkin bo‘lgan sohalar bo‘yicha cheklovlar mavjud.
Kursk oblasti gubernatori Roman Starovoyt mehnat migrantlarining mintaqada taksi haydovchisi bo‘lib ishlashini taqiqlovchi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.
Amaldor bungacha ijtimoiy tarmoqda bunday cheklovlarni joriy etish zarurligi haqida so‘rov o‘tkazgan edi. So‘rovda 42 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan, ularning 82 foizi taqiqni qo‘llab-quvvatlagan.
«Boshqa hududlardagi vaziyatni tahlil qilamiz, biroq Kursk oblastida migrantlar ko‘p emas», deb yozdi Starovoyt ijtimoiy tarmoqda.
Gubernator, shuningdek, barcha xorijliklar «Rossiya fuqaroligini olish va istalgan faoliyat sohasida ishlashni davom ettirish imkoniyatiga ega»ligini qo‘shimcha qildi.
«Agenstvo» nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya regionlarining taxminan uchdan bir qismida migrantlar ishlashi mumkin bo‘lgan sohalar bo‘yicha cheklovlar mavjud.
Mavzuga oid
13:09
Migrantlar allaqachon Rossiyadan boshqa tomonga qaramoqda – rossiyalik gubernator
18:22 / 24.12.2024
Rossiyadagi migrant bolalarga rus tili imtihoni qachondan boshlanishi belgilandi
17:05 / 24.12.2024
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:57 / 23.12.2024