Hududlarda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Namangan viloyatlarida valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan R.A. (muqaddam sudlangan) va boshqalar jami 4700 AQSh dollarini fuqaro S.D.ga 59,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.S. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) jami 3650 AQSh dollarini fuqaro K.M.ga 46,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 64 350 Rossiya rubli, 450 AQSh dollari va 174,4 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Davlatobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.K. jami 3500 AQSh dollarini fuqaro N.I.ga 44,6 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 900 AQSh dollarini berib, 44,6 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O.J. jami 3400 AQSh dollarini fuqaro X.R.ga 43,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:30 / 11.09.2024
Bosh prokurorning kambag‘allikni qisqartirish siyosatiga mas’ul o‘rinbosari tayinlandi
14:10 / 04.09.2024
Navalniyning o‘limi: prokuratura ish qo‘zg‘atmaslik haqidagi qarorni bekor qildi
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
11:36 / 04.08.2024