Prezident AQSh, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Uchrashuvlarda investitsiyaviy va innovatsiyaviy sheriklik, «yashil» energetikani rivojlantirish, suv ta’minoti, fuqarolik aviatsiyasi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, turizm va boshqa sohalarda aniq loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida uchinchi Toshkent investitsiya forumi doirasida AQSh, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jumladan, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda «Air Producs», «CNH Industrial» va «Silverleaf» kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Amerika tadbirkorlarining O‘zbekistondagi faoliyatni kengaytirish, moliyaviy instrument va mexanizmlarni rivojlantirish borasidagi ilg‘or tajribani joriy etish hamda turli tarmoqlarda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalari muhokama qilindi.
Joriy yilda Toshkent shahrida AQShning peshqadam kompaniya va banklari ishtirokida biznes forumini o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shuningdek, Xitoyning «CAMCE» korporatsiyasi raisi Van Bo bilan Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasi qurilishi hamda energetika, sanoat va infratuzilma sohalaridagi loyihalar portfelini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
«Goldwind» kompaniyasi raisi Tsao Chjigan bilan O‘zbekistonda «yashil» energetikani rivojlantirishdagi ishtiroki istiqbollari ko‘rib chiqildi. Kompaniya shamol energetikasi texnologiyalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Shamol elektr stansiyalari qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va joriy loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.
«China Southern Power Grid» bilan Buxoro viloyatida shamol elektr stansiyalari, butun mamlakat bo‘ylab gidroakkumulyatsiya stansiyalari va yuqori kuchlanishli liniyalar qurish loyihalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonda elektr hisoblagichlar ishlab chiqarish bo‘yicha «Holley Group» kompaniyasi muvaffaqiyatli ishlayotgani qayd etildi. Toshkent viloyatida texnopark qurish va unga Xitoyning yirik kompaniyalarini jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shuningdek, «Suez» kompaniyasi raisi va bosh direktori Sabrina Sussan, «Arsenale Group» kompaniyasi bosh direktori Paolo Barletta, «Airbus» korporatsiyasining Yevropa bo‘yicha prezidenti Yoxan Pelisyye hamda «Linde» kompaniyasining Yevropa va Yaqin Sharq bo‘yicha prezidenti Oliver Pfann bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Investitsiyaviy va innovatsiyaviy sheriklik, suv ta’minoti, fuqarolik aviatsiyasi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, turizm va boshqa sohalarda aniq loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
19:57 / 25.12.2024
Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
14:53 / 25.12.2024