O‘zbekiston | 09:45 / 03.05.2024
3186
2 daqiqa o‘qiladi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida loyiha ofisi tashkil etildi

U ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarga muvofiq qiymati 10 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan obektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish vakolatiga ega. 

Foto: Kun.uz

Prezidentning “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda loyiha ofisi yaratildi. U O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarga muvofiq qiymati 10 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan obektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish vakolatiga ega. 

2024 yil 1 iyuldan boshlab obektlarning smeta qiymati «Qurilish resurslari milliy klassifikatori» elektron platformasi ma’lumotlari asosida shakllantiriladi. 

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab qurilishi tugallangan obektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimining «Qurilishda davlat nazorati» elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.

Mavzuga oid