Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi tasdiqlandi
Auksion to‘g‘risidagi ma’lumot Ye-auksion platformasida 15, qayta auksion haqida esa – 5 kalendar kun oldin e’lon qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berilishi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o‘rniga elektron onlayn auksion savdolari joriy etilgan.
Hujjat bilan bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Auksion to‘g‘risidagi ma’lumot Ye-auksion platformasida 15, qayta auksion haqida esa – 5 kalendar kun oldin e’lon qilinadi.
Elektron onlayn-auksion savdoda bir marotaba g‘olib bo‘lgan ishtirokchiga keyingi elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Taklif etilgan eng yuqori ijaraga olish qiymatining dastlabki 15 foiz miqdori 10 ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi tomonidan to‘langandan so‘ng bir ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo natijalari to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bayonnoma asosida 10 ish kuni ichida shartnoma imzolanadi.
Mavzuga oid
08:50 / 17.09.2024
O‘rmon xo‘jaligi ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
18:44 / 10.09.2024
O‘quv yili arafasida Toshkentda uy-joy ijara narxlari biroz ko‘tarildi
08:31 / 28.08.2024
Rossiya Ukraina bilan urush qatnashchilariga Qrimdan yer beradi
14:25 / 27.08.2024