O‘zbekiston | 11:18 / 08.05.2024
2091
2 daqiqa o‘qiladi
"Ipak yo‘li" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning 15.02.2024 yildagi PQ-72-son qarori bilan Andijon viloyati Andijon tumanida “Ipak yo‘li” EIZ tashkil etiladi.
Boshqaruv xodimlari soni 7 nafardan iborat bo‘lgan “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi.
Hujjat bilan “Ipak yo‘li” EIZ direksiyasining tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi.
Quyidagilar “Ipak yo‘li” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
- tashqi bozorlarda talab etilayotgan va import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish;
- mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish, “Ipak yo‘li” EIZ ishtirokchilari o‘rtasida hamda respublikaning boshqa hududlari bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori darajadagi sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish;
- viloyatning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliy aholi uchun doimiy ish o‘rinlari yaratish.
Mavzuga oid
21:46 / 25.10.2024
O‘zbekiston tog‘larida Ipak yo‘lining yo‘qolgan ikkita shahri topildi
09:50 / 25.03.2024
Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi
14:55 / 24.12.2022
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga qishki qabul boshlandi
07:52 / 15.11.2022