O‘zbekiston | 17:10 / 09.05.2024
12267
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Pekin shahridan Uxu shahrigacha bo‘lgan uzoq masofaga Chery’ning chidamlilikka sinovi

Foto: Chery Uzbekistan

2024 yilning 25-26 aprel kunlari Chery energiyada ishlovchi yangi Tiggo 9 PHEV va Arrizo 8 PHEV avtomobillar chidamliligining keng ko‘lamli sinovini o‘tkazdi. 1214 km uzunlikdagi marshrut, Pekin shahridan Shandun provinsiyasidagi Tsinan madaniy shahri orqali, Konfutsiy ta’limoti ixlosmandlarining muqaddas zamini bo‘lgan Tsyuyfudan o‘tib, Anxoy provinsiyasining Uxu shahrida yakunlandi. Sinovdan maqsad – avtomobillarning uzoq masofalarga chidamliligi va haydalish ko‘rsatkichlarini tekshirish edi. Tadbirda Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhining rasmiy vakillari ham ishtirok etdilar.

25 aprel kuni Tiggo 9 PHEV va Arrizo 8 PHEV Pekin shahridan noyob sayohatga chiqdilar. Sayohatning boshida avtomobillar past tezliklarda haydovchiga yordam tizimlari ishini namoyish etib, Pekin shahri tirbandliklarini yengib o‘tdilar. Magistral yo‘lda asosiy e’tibor quvvat uzatuvchisining barqarorligi va yoqilg‘i tejamkorligiga qaratildi.

3-avlodli DHT gibrid transmissiya bilan juftlikdagi 5-avlodga mansub 1.5TGDI gibrid dvigatellari, quvvatni samarali yetkazib berilishi va harakatlanish sharoitlariga ko‘ra elektr motor va dvigatel o‘rtasida avtomatik almashishni ta’minlaydilar. Bu qulaylikni va yoqilg‘i tejalishini yaxshilaydi.

Tiggo 9 PHEV va Arrizo 8 PHEV’dagi ACC (Adaptive Cruise Control – Moslashuvchan kruiz nazorati), LDW (Lane Departure Warning – Yo‘l bo‘lagidan chiqish haqida ogohlantirish), AEB (Automatic Emergency Braking – Avtomatik favqulodda tormozlanishda yordam tizimi) va BSD (Blind Spot Detection – Ko‘rinmas zonalarni aniqlash tizimi) kabi ilg‘or haydovchiga yordam tizimlari haydash xavfsizligi va qulayligini ta’minlab, boshqaruvni sezilarli darajada osonlashtirdilar.

Tiggo 9 PHEV’ning masofa zahirasi 1400 km dan ortiq bo‘lib, 20 daqiqada tez quvvatlanish imkoniga ega. Arrizo 8 PHEV bir quvvatlanishda 1463 km masofani bosib o‘ta oladi va uning yuqori samarali batareyalari atigi 19 daqiqada quvvatlanadi. Bu zaryadlash haqida tashvishlanmasdan uzoq masofalarga sayohat qilish imkonini beradi.

Uzoq safarda qulaylik juda muhim ahamiyatga ega. Tiggo 9 PHEV sozlanuvchan 10 ta massaj sozlamalariga ega o‘rindiqlarni taklif qiladi, Arrizo 8 PHEV esa keng, butun badan bilan his qilinuvchi o‘rindiqlar va hashamatli salonga ega. Arrizo 8 PHEV’dagi NVH (Noise-Vibration-Harshness – Shovqin-vibratsiya-qattiqlik) texnologiyasi xotirjam va yoqimli sayohatni ta’minlaydi. Tiggo 9 PHEV ikki qavatli laminatlangan shovqinni yutuvchi oynalar va ENC (Environmental Noise Cancellation – Atrof-muhit shovqinini bartaraf etish tizimi) bilan jihozlangan bo‘lib, bular haydovchi va uning yo‘lovchilari uchun qulay va osoyishta sayohatni ta’minlaydi.

Sinov masofasi Konfutsiyning tug‘ilgan shahri bo‘lgan va Konfutsiy ta’limoti vujudga kelgan joy sifatida ahamiyatli bo‘lgan Shandun provinsiyasining qadimiy Tsyuyfu shahri orqali o‘tkazildi. Avtomobillar shaharga kirib borar ekan, ularni ko‘p asrlar avval Bahor va Kuz davrlarida bu yerda vujudga kelgan Konfutsiy ta’limotlari ruhi bilan sug‘orilgan muhit bilan chirmab oldi. Shaharning markaziy yodgorligi bu uning falsafiy g‘oyalarini ifodalovchi Konfutsiy ibodatxonasi hisoblanadi. Chery Konfutsiy ta’limotini va uning falsafasini hurmat qilibgina qolmay, balki Konfutsiyning mashhur «The benevolent loves others» («Xayrli inson boshqalarni sevadi») tamoyilining tarafdori hamdir. Brend o‘zining ijtimoiy mas’uliyat tamoyillariga sodiqligini aks ettiruvchi turli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlov tadbirlarida faol ishtirok etib keladi. Uning sa’y-harakatlari konfusianlik mafkurasida chuqur ildiz otgan ushbu axloqiy tamoyilning izchil namoyonidir. Chery jamiyatga ijobiy hissa qo‘shish va axloqiy qadriyatlar va jamiyat farovonligiga sodiqligini tasdiqlash orqali Xitoy madaniyatining ushbu ruhini targ‘ib etadi.

26 aprel kuni 1214 kilometrlik masofa bosib o‘tilgandan so‘ng Tiggo 9 PHEV va Arrizo 8 PHEV Anxoy provinsiyasining Uxu shahriga yetib keldilar. Ushbu sinov avtomobillarning yurish masofasi zaxirasi, unumdorligi va intellektual tizimlari sohasidagi ajoyib xarakteristikalarini namoyish etdi. Safar transportning energiyaning yangi turlaridagi imkoniyatlarining chinakam o‘rganilishiga aylandi. Minglab kilometr masofani bosib o‘tish, texnologik taraqqiyot va ekologik transport vositalari rivojlanishining cheksiz imkoniyatlarini namoyon etdi.

O‘zbekistonda xususiy sarmoyalar hisobidan qurilgan birinchi avtomobil zavodi – ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilayotgan, ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilayotgan Chery avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Chery Uzbekistan’ning rasmiy sahifalari:

Tezkor axborot liniyasi telefon raqami: +998 71 276 55 55

Website | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook | YouTube

Mavzuga oid