Toshkent aeroportini ko‘chirish haqidagi hukumat qarori bekor qilindi
Qarorda Toshkent aeroportini shahardan 45 kilometr janubi-g‘arbda va Chinoz shahridan 12 kilometr shimolda joylashgan yer uchastkasiga ko‘chirish ko‘zda tutilgandi.
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistop Respublikasi hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unda 1989 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda qabul qilingan 493 ta qarorni bekor qilish ko‘zda tutilgan.
Xususan, 1992 yil 24 iyuldagi «Toshkent aeroportini ko‘chirish haqida»gi qaror ham bekor qilingan. Mazkur qarorda Toshkent aeroportini shahardan 45 kilometr janubi-g‘arbda va Chinoz shahridan 12 kilometr shimolda joylashgan yer uchastkasiga ko‘chirish ko‘zda tutilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda o‘sha paytdagi Uzbekistan Airports raisi Ravshan Ismoilov Toshkent xalqaro aeroporti yaqin yillarda Angren yoki Chinoz tomonga ko‘chirish rejalashtirilganini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, Uzbekistan Airports'ning boshqa bir sobiq boshqaruv raisi Ra’no Jo‘rayeva ham 2022 yilda Toshkent xalqaro aeroportini poytaxtdan tashqariga ko‘chirish imkoniyatlari muhokama qilinayotgani haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi
00:08 / 20.10.2024