O‘zbekiston | 11:25 / 11.05.2024
15591
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda shirinlik sotib yurgan qizlarning ota-onalariga ogohlantirish berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumani hududida voyaga yetmagan bolalarning yo‘l bo‘yida shirinliklar sotib yurgani haqida video tarqaldi. Tuman hokimligi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. 

Foto: Videodan kadr

Unga ko‘ra, videoda aks ettirilgan holat tuman hokimligining tegishli mas’ullari, ko‘rsatilgan manzil yaqinida joylashgan masjid imomi va boshqa mas’ullar ishtirokida o‘rganildi

O‘rganishlar jarayonida “Ubay ibn Ka’b” masjidi oldida Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi uch nafar ayol farzandlari bilan yengil pul topish maqsadida tilanchilikka chiqqani va shirinlik sotib yurgan qizchalar shu ayollarning farzandlari ekani aniqlandi.

Ushbu ayollarga tushuntirish berilgan va yana shunday tartibbuzarlik qilinsa, bolalarning hayotini xavf ostida qoldirib, shirinlik sotishlariga yo‘l qo‘yilsa, bolalarni himoya qilish komissiyasi tomonidan ota-onalarga chora ko‘rilishi bo‘yicha ogohlantirish berildi.

Mavzuga oid