Jamiyat | 09:31 / 14.05.2024
40403
1 daqiqa o‘qiladi

Ozodbek Nazarbekovning otasi vafot etdi

Ahmad Nazarbekov og‘ir xastalikdan so‘ng 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning otasi Ahmad Nazarbekov vafot etdi. Bu haqdagi ma’lumotni Madaniyat vazirligi axborot xizmati Kun.uz'ga tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ahmad Nazarbekov bugun, 14 may kuni og‘ir xastalikdan so‘ng 86 yoshida vafot etgan.

Janoza namozi Andijon viloyati Shahrixon tumanida o‘qiladi.

2021 yilning aprel oyida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov otasining tobi yo‘qligini aytib, ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat yo‘llagandi.

Mavzuga oid