3,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan gaz-zapravka aniqlandi
MChJ mas’ul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasiga o‘rnatilgan kompressor agregatlarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 2,7 mln kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Rishton tumanida 3,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, Rishton tumanida faoliyat yurituvchi F.M. MChJning mas’ul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasiga o‘rnatilgan kompressor agregatlarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 2,7 mln kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 3,6 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:09 / 07.11.2024
683 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
10:18 / 02.11.2024